BBC navigation

Londonning "Chelsi"si yana bir bosh murabbiyning bahridan kechdi

Сўнгги янгиланиш 21 ноябр 2012 - 14:43 GMT

Roberto Di Matteo rossiyalik milliarder klub sohibligini qo‘lga kiritganidan buyon almashtirayotgan sakkizinchi murabbiy bo‘ladi

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich bu gal Roberto Di Matteoni bosh murabbiylikdan chetlatishga qaror qildi.

Bunga boyvachcha moviylarning Italiyaning "Yuventus" jamoasiga yutqazib qo‘yishi sabab bo‘ldi.

"Chelsi" Chempionlar ligasining navbatdagi guruh bosqich uchrashuvini kecha - seshanba kuni safarda 0:3 hisobida boy berdi.

"Jamoaning so‘nggi natijalari va ko‘rsatgan o‘yini yaxshi emas. Klub sohibi va rahbariyati to‘g‘ri yo‘nalishda ketishda davom etish uchun jamoaga aynan hozir o‘zgarishlar zarur, degan qarorga keldi", deyiladi ularning rasmiy bayonotida.

"Chelsi"ga endi kim bosh murabbiylik qilishi tez orada ma‘lum bo‘lishi aytilmoqda.

Roman Abramovich qisqa muddatga klubiga murabbiylik qilib turishni taklif etib, "Liverpul" sobiq bosh murabbiysi Rafael Benitesga og‘iz solib ko‘rgan.

Ayni o‘rinda shuni aytib o‘tish kerakki, ikkovlon orasidagi muloqot moviylarning so‘nggi mag‘lubiyatlaridan avval bo‘lib o‘tgan.

Dongdor Gvardiola-chi?

Nomzodlar sirasida Ispaniyaning nahang "Barselona"si sobiq bosh murabbiysi Pep Gvardiolaning nomi ham tilga olinmoqda.

Ammo "Chelsiga" besh yil burun bir yilcha boshchilik qilgan Avram Grantning ham yana bosh murabbiylikka qaytishiga oid gap-so‘zlar ham yo‘q emas.

O‘z vaqtlarida moviylar saflarida to‘p surgan Roberto Di Matteo bundan avval "Vest Bromvich"ga bosh murabbiylik qilgan va o‘tgan mavsumdan boshlab, o‘zining sobiq klubiga bosh murabbiy bo‘lib qaytgandi.

"Chelsi" uning murabbiyligi ostida Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan va Angliya Kubogini qo‘lga kiritgandi.

Joriy paytda Roman Abramovichning boyvachcha moviylari turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turishibdi.

Roberto Di Matteo rossiyalik milliarder klub sohibligini qo‘lga kiritganidan buyon almashtirayotgan sakkizinchi murabbiy bo‘ladi:

Klaudio Raneri: sentyabr 2000 - may 2004

Joze Mourinyu: iyun 2004 - sentyabr 2007

Avram Grant: sentyabr 2007 - may 2008

Luis Felipe Skolari: iyul 2008 - fevral 2009

Gus Hiddink: fevral 2009 - may 2009

Karlo Anchelotti: iyun 2009 - may 2011

Andre Villash-Boash: iyun 2011 - mart 2012

Roberto Di Matteo: mart 2012 - noyabr 2012

So‘nggi yillarda omadsiz bosh murabbiylaridan voz kechish "Chelsi" klubida naq an‘anaga aylanayozdi.

------------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.