BBC navigation

Qozog‘iston Prezidenti yoshlarni hijob o‘ramaslikka va ona tilida gapirishga chaqirdi

Сўнгги янгиланиш 16 ноябр 2012 - 11:53 GMT

Nursulton Nazarboyev yoshlarni o‘zidan o‘rnak olishga chaqirib, ona tilida so‘zlagan

"Jas Otan" yoshlar qanotining qurultoyida so‘zlagan Qozog‘iston Prezidenti yoshlarning g‘oyalarini hamisha qo‘llaganini, bundan keyin ham yoshlarga ishonishini aytgan.

Nursulton Nazarboyevning ta‘kidlashicha, mamlakat aholisining qariiyb besh millionini tashkil qiladigan yoshlar Qozog‘istonning kelajagini belgilashadi.

Shu boisdan hukumat yoshlar siyosati doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishga ko‘p mablag‘ sarflamoqda.

Nursulton Nazarboyev o‘z nutqida yoshlarni urf bo‘lib borayotgan hijobga kirmaslikka maslahat bergan. Unga ko‘ra, ko‘chmanchi xalq bo‘lib kelib
kelgan qozoqlar o‘zlarining madaniyatlariga amal qilishlari, Islomning sunniy oqimi shartlariga rioya qilishlari va arab kiyimi bo‘lgan hijoblarni kiymasliklari lozim."Biz hammamiz musulmonmiz, lekin Islomda turli oqimlar bor. Siz "jasotanovchilar" boshqa yo‘lga kirib ketayotgan yoshlarga tushuntirishlaring, tarbiyalashlaring kerak", - deb murojaat qiladi Nazarboyev.

Ayni paytda, janob Nazarboyev "arab kiyimi" deganda aynan nimalarni nazarda tutishini chuqurlashtirmagan.

Qozog‘iston Prezidenti yoshlarni o‘zidan ibrat olib, ona tilida gapirishga, shu bilan birga ko‘p tilni o‘rganishga chaqirgan.

Prezident yoshlar o‘zidan ibrat olishlari uchun qozoq tilida murojaat qilgan: Mana, menga qarang, men qozoq tilida dadil gapiraman. Kelinglar o‘zaro qozoq-ona tilimizda gaplashamiz, degan u.

Nazarboyevning boshqa murojaati hukumatga qaratilgan bo‘lib, har bir qozog‘istonlik o‘rta maktabni bitirib, mutaxassislikka ega bo‘lishlari lozimligini aytgan.

"Hamma oliy ma‘lumot olishi shart emas. Iqtisodimiz uchun elektrik, slesar, mexanik, oshpazlar ham kerak.", degan u.

Shuningdek, lekin qozog‘istonliklarning katta qismi baribir shu yerda, boshqa davlatlarga ish izlab ketayotgani yo‘q, deb ta‘kidlagan Nursulton Nazarboyev.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.