BBC navigation

G‘azo bo‘lgasida vaziyat murakkablashmoqda

Сўнгги янгиланиш 15 ноябр 2012 - 13:27 GMT

Isroil rasmiylari G‘azo bo‘lgasidan raketa hujumlari to‘xtamas ekan, navbatdagi maqsad Hamasning rahbari Ismoil Xaniya bo‘lishi bilan tahdid qilishgan.

Chorshanba kuni Isroil havo hujumi orqali Hamas harakatining rahbarlaridan Ahmad Jabboriyni o‘ldirgan edi.

Isroil tomoniga ko‘ra, mo‘ljal aynan shu tarzda olingan, bu G‘azo bo‘lgasidagi falastinlik jangarilarga qarshi harbiy harakatlarning faqat boshlanishidir.

Hamas vakili Abu Zuhriy ham Isroil qilgan hujumlariga hali qattiq afsus qilishidan ogohlantirgan.

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu mamlakat armiyasi Hamas jangarilariga qarshi keng miqyosdagi harbiy harakatlarni boshlashga tayyorligini e‘lon qildi.

Dushanba kuni G‘azo bo‘lgasiga Isroilning hujumi oqibatida kamida 10 falastinlik, jumladan bir nechta bolalar va chaqaloq ham halok bo‘lgani aytiladi.

Misr sodir etilgan havo hujumlarini qoralab, Isroildan o‘z elchisini qaytarib olgan va Qohiradagi Isroil elchisini izoh berishga chaqirgan.

Misr Prezidenti BMT xavfsizlik kengashi va Arab Ligasi davlatlari yig‘ilishini zudlik bilan chaqirib, vaziyatni muhokama qilishni so‘ragan.

Falastin hukumati rahbari Mahmud Abbos ham Isroilning G‘azodagi harakatlarini qoralagan.

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun tomonlarni bosiq bo‘lishga undamoqda.

Ayni paytda AQSh Isroilni yoqlar ekan, hujumlarda tinch fuqarolarni nishonga olishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.

Isroil tomoni bugun uch fuqarosi o‘ldirilganini bildirib, Hamasga tahdidlarida davom etmoqda.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.