BBC navigation

Braziliya 2014: Eron-O‘zbekiston, g‘alaba nimaga bog‘liq?

Сўнгги янгиланиш 13 ноябр 2012 - 13:37 GMT

Futbol bo‘yicha 2014 Jahon chempionatining final bosqichiga chiqish uchun o‘z kurashini davom ettirayotgan O‘zbekiston ertaga Eronga qarshi yana bir muhim uchrashuvini o‘tkazadi.

Osiyo qit‘asiga ajratilgan 4.5 ta yo‘llanmadan bittasini qo‘lga kiritish uchun o‘zbekistonlik futbolchilar ushbu o‘yinda ham albatta g‘alaba qozonishlari shart bo‘ladi.

So‘nggi bosqich bellashuvlarining 5-tur uchrashuvi Toshkent vaqti bilan kech soat 21:30 da Eron poytaxti Tehronning "Ozodiy" stadionida boshlanadi va O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib uzatiladi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bundan avvalgi to‘rt uchrashuvini bir mag‘lubiyat, ikki durang va bir g‘alaba bilan yakunlab, o‘z guruhida 5 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.

To‘rt o‘yindan yettitadan ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan Janubiy Koreya va Eron esa, O‘zbekiston ham to‘p surayotgan "A" guruhida dastlabki ikki o‘rinni egallab turishibdi.

Guruhda shakllangan bu kabi vaziyat esa, tarixda ilk bor o‘z oldilariga qo‘ygan mqasadlariga erishmoqchi bo‘lishsa, o‘zbekistonlik futbolchilarning qolgan barcha o‘yinlarini g‘alaba bilan yakunlashlarini taqozo etadi.

Bu bosqichda o‘z guruhida dastlabki ikki o‘rinni egallagan milliy terma jamoa esa, 2014 yilgi Jahon chempionatining final bosqichiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega bo‘ladi.

Osiyo qit‘asiga ja‘mi 4.5 o‘rin ajratilgan bo‘lsa, uni qo‘lga kiritish uchun so‘nggi bosqich saralash bellashuvlarida 10 milliy terma jamoa kurash olib borishmoqda.

Kelasi yil mart oyiga qadar esa, o‘zbekistonlik futbolchilar Eron, Livan, Janubiy Koreya va Qatarga qarshi yana to‘rt bor maydonga tushishlari lozim bo‘ladi.

Eronga qarshi uchrashuv

O‘zbekistonlik futbolchilar so‘nggi bosqich saralash uchrashuvlarining dastlabkisini o‘z maydonlarida aynan Eron milliy terma jamoasiga boy berib qo‘yishgandi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda eronlik futbolchilar eng so‘nggi daqiqalarda o‘zbekistonlik raqiblari darvozasini zabt etib, g‘alabani o‘z hisoblariga yozishga muvaffaq bo‘lishgandi.

Eron FIFA reytingida Osiyo qit‘asining eng kuchli to‘rtinchi jamoasi sanaladi.

Guruh bosqichidan nariga o‘tolmagan esa-da, o‘z tarixida uch bor jahon chempionatining final bosqich uchrashuvlariga chiqishga muvaffaq bo‘lgan.

Eron milliy terma jamoasiga o‘tgan yildan boshlab portugaliyalik taniqli murabbiy Karlush Keyrosh boshchilik qiladi.

Jamo uning murabbiyligi ostida 2014 yilgi jahon birinchiligi saralash bosqich uchrashuvlarini muvaffaqiyatli davom ettirib kelmoqda.

Ayni o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash joizki, O‘zbekiston 2014 yilgi Jahon chempionatining so‘nggi bosqich saralash bellashuvlarida ishtirok etayotgan yagona Markaziy Osiyo davlatidir.

Jamoaga aynan Eronga so‘nggi mag‘lubiyati ortidan yangi bosh murabbiy - O‘zbekiston chempioni "Bunyodkor" jamoasini ikkinchi bor Osiyo Chempionlar ligasining yarim finaliga olib chiqqan va o‘z vaqtida qoyilmaqom futbolchilik mahorati bilan xorijiy futbol muxlislarini ham tan oldirgan Mirjalol Qosimov boshchilik qilib keladi.

Ikki raqib jamoaning bundan avval qit‘a miqyosida o‘tkazgan ikki o‘yini Eron foydasiga hal bo‘lgan, 2009 yilgi o‘rtoqlik uchrashuvi esa, 0:0 durang hisobi bilan yakunlangan.

Ammo olgan jarohatlari va sariq kartochkalari tufayli Eronga qarshi o‘yinda O‘zbekiston milliy terma jamoasining Odil Ahmedov, Timur Kapadze va Anzur Ismoilov kabi sara o‘yinchilarining maydonga tushmasliklari aytilmoqda.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.