BBC navigation

O‘zbekistonlik boshpana izlovchi BMTdan yordam so‘radi

Сўнгги янгиланиш 12 ноябр 2012 - 17:18 GMT

Xayrullo Tursunov Aqto‘be shahridagi tergov izolyatorida saqlanmoqda

Qozog‘istonda qolayotgan boshpana izlovchi Xayrullo Tursunov, o‘zini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilmasliklarini so‘rab, BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasiga murojaat qilgan.

Avvalroq Qozog‘iston Bosh prokuraturasi Xayrullo Tursunovni O‘zbekistonga ekstraditsiyai qilish borasida qaror chiqargandi.

Tursunov O‘zbekiston Islomiy Harakatiga a‘zolikda va konstitutsionni tuzimni ag‘darishga uringanlikda ayblangan.

Xayrullo Tursunov nomidan yo‘llangan arizada aytilishicha, O‘zbekiston huquq tartibot organlari unga "asossiz ayblovlar" qo‘yganlar.

"Qozog‘iston tomoni esa qiynoqlar qo‘llaniladigan davlatga tutqunlarni berib yubormaslik borasida kafillik bera olmasligini ko‘rsatdi", - deyiladi arizada.

Tursunovning advokati Kenes Jusupovning aytishicha, ushbu arizani yozishdan asosiy maqsad muntazam qiynoqlar qo‘llanuvchi davlatga boshpana izlovchini ekstraditsiya qilishning oldini olishdir.

"Ariza yozishdan maqsad Tursunovni noqonuniy ravishda ushlab turishibdi. O‘zbekistonda esa qiynoqlar qo‘llash va noqonuniy mahkamaga tortish odatga aylangan", - deydi Kenes Jusupov.

Tursunovning advokati Qozog‘iston Bosh prokuraturasi tomonidan chiqarilgan ekstraditsiya qilish borasidagi qarordan norozi bo‘lib Aqto‘be shahar mahkamasiga ham shikoyat yozgan.

Qarshi shahridan bo‘lgan Xayrullo Tursunov shu yilning 7 aprel kuni Aqto‘be shahrida qo‘lga olingandi.

O‘zbekiston tomoni uni konstitutsion tuzimni ag‘darish, "Turkiston islomiy jihod" va "O‘zbekiston islom harakati"ga a‘zolikda ayblagan.

O‘zbekiston Bosh purokuraturasi tomonidan yuborilgan ayblovnomada u o‘tgan yili Qozog‘istondan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingan 29 boshpana izlovchi bilan til biriktirib, O‘zbekistondagi hukumatni ag‘darishni maqsad qilgani aytiladi.

Qozog‘iston bir yillik hibsdan so‘ng 2011 yilning iyun oyida 29 boshpana izlovchini O‘zbekistonga ekstraditsiya qilgandi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi ularning huquqlari ta‘mishlanishi borasida O‘zbekistondan yozma ravishda kafillik olganini aytgan.

Biroq, O‘zbekistondagi huquqni himoya qiluvchi faollar tergov jarayonida O‘zbekistonga qaytarilgan boshpana izlovchilar qiynoqlarga tutilganini aytishadi.

BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi shu yilning iyun oyida Qozog‘iston qochqinlarni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish orqali o‘zi imzolagan konventsiyani buzgani va qiynoqlar muntazam qo‘llaniluvchi mamlakatga odamlarni berib yuborish mumkin emasligini aytgandi.

Qo‘mita Qozog‘istondan qochqinlarni ortga qaytarish va ularga tovon puli to‘lashni talab qilgan.

Biroq Qozog‘iston tomoni BMTning Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi tomonidan talab qilingan shartlarni hozirga qadar bajargani yo‘q.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.