BBC navigation

Qurg‘oqchilik Qozog‘iston bug‘doy hosilini yarmiga kamaytirgan

Сўнгги янгиланиш 7 ноябр 2012 - 16:27 GMT

Qozog‘iston bug‘doyi va unining asosiy xaridorlari Qozog‘istonning qo‘shnilaridir.

Qozog‘iston rasmiylariga ko‘ra, bu yilgi qurg‘oqchilik tufayli o‘zlari mo‘ljallaganlaridan deyarli ikki baravar kam bug‘doy hosili yetishtirganlar.

Rasmiy hisob-kitoblarga ko‘ra, bu yil mamlakatda 14 million 700 ming tonna bug‘doy hosili yig‘ilgan.

Bu esa 2011 yilda qo‘lga kiritilgan rekord darajadagi hosilning yarmidir.

O‘tgan yili Qozoq g‘allakorlari 26 million 900 ming tonna bug‘doy yetishtirgan edilar.

Qozog‘iston mamlakatda yetishtirilgan bug‘doy hosilining yarmini eksport qiladi.

Qozog‘iston bug‘doyi va unining asosiy xaridorlari qo‘shnilar - O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘onistondir.

Shuningdek, Qozog‘iston bug‘doyi Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlariga eksport qilinadi.

Bu yilgi qurg‘oqchilik Rossiyada yetishtiriladigan bug‘doy hosilini ham kamaytirgan.

Rossiya rasmiy hisob-kitoblariga ko‘ra, jami 71 million 700 ming tonna bug‘doy hosili yig‘ilgan, o‘tgan yili bu ko‘rsatkich 94,2 million tonna bo‘lgan.

Tahlilchilarga ko‘ra, bu yil Qozog‘istonda kam bug‘doy yetishtirilgani mamlakatning eksport hajmiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmaydi, Qozog‘iston omborlaridagi zahiralarini ishga solib, o‘zi mo‘ljallaganicha bug‘doyni eksport qila olishi mumkin.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.