BBC navigation

"Haqqoniy" tarmog‘i endi BMT qora ro‘yxatida

Сўнгги янгиланиш 6 ноябр 2012 - 13:40 GMT

Tarmoq O‘zbekiston Islomiy Harakati yaqin ittifoqchisi sifatida ko‘riladi

BMT Xavfsizlik Kengashining Afg‘oniston - Tolibon bo‘yicha qo‘mitasi Pokistonda joylashgan "Haqqoniy" tarmog‘ini o‘z qora ro‘yxatiga kiritgan.

Mazkur guruh Afg‘onistonga qarshi hujumlarda mas‘ul ko‘riladi. BMTga ko‘ra, 2008 yil Kobuldagi mehmonxonalardan biriga qarshi 8 insonning umriga zomin bo‘lgan hujum, 2011 yil Interkontinental mehmonxonasining nishonga olinishi shular jumlasidandir. O‘shanda 11 oddiy fuqaro va ikki politsiya xodimi nobud bo‘lgandi.

BMT qora ro‘xatida "Haqqoniy" tarmog‘i 2011 yil Kobuldagi AQSh elchixonasi va Xalqaro Xavfsizlik Ko‘mak kuchlari qarorgohiga qarshi hujumlarda ham mas‘ul ekani bitilgan. 19 soat davom etgan janglarda kamida 6 bola doxil 16 afg‘on o‘ldirilgandi.

Ko‘plab xudkushlik hujumlari ortida turgan tarmoq rahbari Abdulrauf Zokirning ham nomi qora ro‘yxatga tirkalgan. BMTning aytishicha, u Afg‘onistonning Kobul, Tahor, Qunduz va Bag‘lon viloyatlaridagi barcha amaliyotlarni boshqargan. Tashkilotga ko‘ra, Abdulrauf Zokir harbiy tayyorlov mashg‘ulotlarini tashkillashtirishda ham mas‘ul bo‘lgan.

Sayohat qilishga cheklovlar, qurol-yarog‘ imbargosi va bank hisoblarini muzlatish jazo choralarining bir qismidir.

бу ерга босинг O‘tgan sentyabrda Qo‘shma Shtatlar ham "Haqqoniy" guruhini terror tarmog‘i sifatida ko‘rish va unga qarshi jazo choralari joriy etishga qaror qilganini e‘lon qilgandi.

"Haqqoniy" tarmog‘i odam o‘g‘irlash, Tolibon va Afg‘onistondagi boshqa jangari tashkilotlar bilan hamkorlik qilishda ham ayblanadi.

Tarmoq qator g‘arblik, pokistonlik va afg‘onlarni garovda ushlab turgan.

Tarmoq O‘zbekiston Islomiy Harakati yaqin ittifoqchisi sifatida ko‘riladi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.