BBC navigation

Qatar Amiri G‘azoga safar qilmoqda

Сўнгги янгиланиш 23 октябр 2012 - 13:25 GMT

Shahzoda G‘azoda juda iliq kutib olindi

Qatar Amiri Hamid Bin Xalifa al Soniy G‘azoga 2007 yil Xamas Islomiy harakati qudratga kelganidan beri ilk bor davlat rahbari sifatida kelmoqda.

Shahzoda Hamid Falastin hududida qator bir necha millionlik qurilish loyihalarining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etadi.

G‘azodagi BBC muxbiri Jon Donnisonga ko‘ra, Amirning safari Xamas va ushbu Fors ko‘rfazi davlati bilan aloqalar mustahkamlanayotgani alomatidir.

Xamas Shahzodaning kelishiga G‘azo ko‘chalarini yasantirgan: Qatarning dolchinrang va oq bayroqlari hamda Amirning suratlari osib qo‘yilgan.

G‘azoga Misr orqali uzun avtomobillar karvonida kirib kelgan Shahzodaning poyiga qizil gilamlar to‘shalgan.

"Xamas qudratga kelganidan beri bu yerga biron bir davlat rahbari tashrif buyurmagan va Islomiy harakat G‘azoni siyosiy poytaxtga aylantirish istagida", deb yozadi BBC muxbiri.

Qatar yaqinda G‘azoda chorak milliard dollarlik qurilish loyihalari boshlashi haqida e‘lon qilgandi.

Xamas va Suriya rahbariyati o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelarkan, Qatar uning asosiy muruvvatpeshasiga aylangan.

Biroq, Qatar - Amerikaning ham asosiy arab ittifoqchilaridan biri.

Ayni shu narsa G‘azoda Qatar Falastin siyosatiga aralashayotgani borasidagi ayblovlarga turtki bergan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.