BBC navigation

Haj ziyoratiga mahramsiz otlangan nigeriyalik ayollar aeroportda ushlab qolinmoqda

Сўнгги янгиланиш 27 сентябр 2012 - 10:40 GMT

Ayollarga mahramsiz haj ziyoratiga borish ruxsat berilmaydi

Nigeriya Saudiya Arabistoni havo qo‘nolg‘asida 1000 nafarcha nigeriyalik ayolning ushlab turilganiga norozilik bildirmoqda.

Makkai Mukarramaga haj ziyoratini o‘tash niyatida yo‘lga chiqqan ayollarning ayrimlari yakshanba kunidan beri qo‘yib yuborilmayapti.

Nigeriyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi BBCga 35 yoshdan kichik bo‘lgan ayollarni to‘xtatishgan.

Anglashilishicha, nigeriyalik ayollar o‘tmishda haj ziyorati uchun erkak mahram bilan borish talabidan mustasno bo‘lishgan.

Nigeriya diplomatlarining aytishlaricha, mamlakat Milliy Haj Komissiyasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kelishuvga binoan nigeriyalik ayollar mahalliy Haj qo‘mita rasmiylari hamroh bo‘ladigan taqdirda viza olishlari mumkin.

Muxbirlarga ko‘ra, ko‘plab nigeriyaliklar ish topish ilinjida Saudiya Arabistoniga kirib olishadi.

"Faqat 35 yoshdan pastlar ushlanmoqda"

Yakshanba kundan beri Jidda va Madina shaharlari aeroportlarida yuzlab Nigeriyadan kelgan ayollar to‘xtatilgan.

Nigeriyaning Saudiya Arabistonidagi elchisi Abubakr Shehu Bunuga ko‘ra, ular chorshanba kuni Ar-Riyoddagi Tashqi ishlar idorasiga rasman norozilik bildirishgan.

"Ular aynan 25 - 35 yoshgacha bo‘lgan mahramsiz ayollarni to‘xtatishmoqda. 45 yoshdan kattalar Saudiya Arabistoni rasmiylarini xavotirga solayotgani yo‘q", deydi Bunu janoblari BBC bilan suhbatda.

Ayollardan birining aytishicha, uning guruhi Jiddada erkak qarindoshsiz bo‘lganlari uchun emas, balki familiyalari erlarinikiga mos tushmagani uchun ushlab qolingan.

Uning aytishicha, Jiddadagi Qirol Abdulaziz aeroportida to‘xtatilgan ayollarga buyumlari berilmagan, hozir quruq polda uxlab turishga majbur bo‘lishmoqda.

Nigeriyada erlarining familiyalarini olmaslik odatiy hol.

Joriy yil 2 milliondan ortiq musulmonlari haj ziyoratiga borishlari kutilmoqda. Aytilishicha, haj ziyorati bu yil taxminan 24-29 oktyabrlarga to‘g‘ri keladi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.