BBC navigation

Bagrom bazasida AQSh generali uchog‘iga zarar yetkazilgan

Сўнгги янгиланиш 21 август 2012 - 13:50 GMT

Jangarilar xalqaro kuchlar joylashgan maskanlarga hujum qilishi ilgari ham kuzatilgan

Afg‘onistondagi NATO harbiy bazasiga jangarilarning raketa hujumi u yerga safar qilgan Amerika generali uchog‘iga zarar yetkazgan.

NATO qo‘mondonlari shtabining raisi general Martin Dempsey raketa hujumi paytida uchoqda bo‘lmagan, biroq ikki nafar texnik xodim jarohat olishgan.

Raketa hujumi dushanbadan seshanbaga o‘tar kechasi Bagrom harbiy bazasida yuz bergan.

General Martin Dempsey Afg‘onistondagi NATO askarlariga afg‘on xavfsizlik xodimlarining hujumlarini muhokama qilish uchun Bagromga safar qilgan.

General Dempsey dushanba kuni o‘tirgan S-17 uchog‘i Afg‘onistonga, Bagromdagi harbiy bazaga kelib qo‘ngan.

Afg‘onistondagi NATO so‘zchisining aytishicha, general seshanba kuni ertalab Afg‘onistondan boshqa uchoqda uchib ketgan.

"General Martin Dempsey uchoq yaqinida bo‘lmagan. Biz jangarilarning hujumi tasodifiy edi deb o‘ylaymiz", - deb aytgan NATO so‘zchisi Tomas Kollins Reyter agentligi bilan suhbatda.

Isyonchilar Kobuldan taxminan 50 kilometr shimolda joylashgan Bagrom havo bazasiga ilgarilari ham hujumlar uyushtirishgan.

Ikki yil muqaddam may oyida ular Bagromga to‘rt tarafdan muvofiqlashtirilgan hujumni amalga oshirishgan va natijada bir necha NATO askari yaralangan edi.

Uch yil muqaddam sodir etilgan o‘xshash hujumda esa ikki Amerika askari halok etilgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.