BBC navigation

Rossiyada maxsus amaliyot chog‘ida o‘zbekistonlik o‘ldirilgan

Сўнгги янгиланиш 13 июл 2012 - 11:40 GMT

11 iyul kuni Rossiyaning Saratov shahrida Federal Xavfsizlik Xizmati xodimlari bilan otishma paytida 60 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘ldirilgan.

Bu haqda Rossiyaning ijtimoiy tarmoq sahifalari xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Saratov shahar Lenin ko‘chasidagi uyda noqonuniy qurol saqlanishi haqidagi ma‘lumotni olib yetib kelgan xavfsizlik xizmati xodimlari uyda yashovchi tomonidan qarshilikka duch kelishgan.

"Makarov" to‘pponchasi orqali xavfsizlik xodimlariga qarata uydan turib bir necha marta o‘q uzilgan.

O‘rtada bo‘lib o‘tgan otishma paytida o‘zbekistonlik deb aytilayotgan fuqaro halok bo‘lgan.

Amaliyot chog‘ida uning yashab kelgan uyi tekshirilganda, katta miqdordagi qurol-yarog‘ va Rossiya Oliy Mahkamasi tomonidan ta‘qiqlangan ekstremistik ruhdagi adabiyotlar, disklar topilgani aytilgan.

Qo‘lga olingan narsalar tekshirish uchun jo‘natilgani ma‘lum qilingan.

Voqea yuzasidan jinoiy ish ochilgani va surishtiruv ishlari olib borilayotgani bildirilgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.