BBC navigation

AQSh endi O‘zbekiston yo‘liga ko‘proq e‘tibor berishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 12 июн 2012 - 15:11 GMT

O‘zbekistondan o‘tuvchi Shimoliy yo‘lak xavfsiz, ammo uzun va mablag‘talab

Hali bir necha hafta oldin ham Pokiston rasmiylari yopib qo‘yilgan Janubiy ta‘minot yo‘lini ochish ehtimoliga ishora berishgandi.

Afg‘onistondagi xorijiy kuchlar uchun muhim bu ta‘minot yo‘lagi o‘tgan noyabrdagi NATO hujumida 24 nafar Pokiston askari o‘ldirilishi ortidan yopib qo‘yilgan.

Ammo eski yara o‘rni bitmay, Pokistonning ozod qavmlar mintaqalariga AQShning dron, ya‘ni uchuvchisiz uchoq hujumlari kuchaydi.

Bu esa Islomobod va Vashington o‘rtasidagi ilimiliq munosabatlarni yanada sovuqlashtirdi.

Har bir yuk mashinasi o‘tishi uchun Pokiston juda katta pul talab qilayotgani ham o‘rtadagi muzokaralar samarasiz tugashiga yetaklagandir, degan farazlar bor.

Nima bo‘lganda ham, AQSh muzokarachilari ortga qaytarib olindi.

Aksincha, AQSh va NATO vakillari endi O‘zbekiston va Qozog‘istondan o‘tuvchi Shimoliy ta‘minot yo‘lagiga katta ahamiyat berishmoqchi.

Lekin bu o‘rinda Rossiyaning mavqei muhim. Moskva hozir Markaziy Osiyo orqali o‘tuvchi NATO ta‘minot yo‘lagini ochishga rozi.

Biroq bu mintaqada AQSh ta‘siri oshishini Rossiya aslida istamaydi.

Buning ustiga, Afg‘onistondan chiqib ketishga hozirlanayotgan NATO kuchlari katta miqdordagi jihoz va uskunalarini olib chiqish uchun qimmatga tushadigan Shimoliy ta‘minot yo‘lidan foydalanishni unchalik ham xushlashmaydi.

Pokistondan o‘tuvchi Janubiy ta‘minot yo‘li esa qisqa va arzon. Shu bois o‘z muzokarachilarini ortga chaqirib olgan Vashington butun e‘tiborini Shimoliy ta‘minot yo‘liga qaratmoqchi, deya xulosa chiqarish o‘ta mushkul.

Lekin ikki ittifoqchi - AQSh va Pokiston aloqalari shu darajada yomonlashganki, Janubiy ta‘minot yo‘li hali-beri qayta ochilmasa kerak.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.