BBC navigation

Gulnora Karimovaga ommaviy tadbirlar nima uchun kerak?

Сўнгги янгиланиш 7 май 2012 - 11:10 GMT

Bu safargi tadbir ommaviyligi bilan diqqatni tortgan

O‘zbekiston poytaxti so‘nggi 20 yildagi eng yirik ommaviy tadbirga sahna bo‘lgan.

1 may kuni Prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova rahbarligidagi "Fond Forum" uyushtirgan xayriya marafonida 20 mingdan ortiq inson ishtirok etgan.

"Hayot uchun!" deb nomlangan marafon ayollarning ko‘krak saratoniga qarshi kurash shiori ostida o‘tgan.

"Men uning o‘rnida bo‘lsam, qiynoqlarga qarshi marafon o‘tkazardim "

Dilorom Ishoqova

Toshkentliklarning xotirlashlaricha, 1990-yillardagi o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish talabi bilan o‘tgan muxolifat namoyishlaridan buyon poytaxt ko‘chalariga buncha ko‘p odam chiqmagan edi.

Namoyishlar taqiqlangan O‘zbekistonda minglab insonlarning ko‘chalarga chiqishlari noodatiy hol.

74 yoshli Prezident Islom Karimovning ehtimoliy merosxo‘ri sifatida ko‘riladigan Gulnora Karimova hozirgacha o‘zining siyosiy intilishlari haqida sukut saqlab keladi.

Tanqidchilar Karimova xonim bu kabi tadbirlardan otasi boshqarayotgan tuzumning imijini yumshatishda foydalanishini aytadilar.

Xo‘sh, bu safar o‘zgacharoq maqsad ko‘zlangan bo‘lishi mumkinmi?

BBC ushbu savolni taniqli shoira va muxolifat faoli Dilorom Ishoqovaga bergan.

Гулнора Каримовага оммавий тадбирлар нима учун керак?

Шу ҳафта Ўзбекистон пойтахти сўнгги 20 йилдаги энг йирик оммавий тадбирга саҳна бўлган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.