BBC navigation

"O‘zbek hukumati aholidan noqonuniy pul undirmoqda"

Сўнгги янгиланиш 4 май 2012 - 12:11 GMT

Suhrob Ismoilovga ko‘ra, odamlar o‘zlarini eplab, topib yurgan pullariga ham O‘zbekiston hukumati sherik chiqmoqchi

"Viloyatlarda yillar davomida uzib qo‘yilgan gaz va eletkr uchun hukumat vakillari odamlardan pul undirmoqda." Ya‘ni odamlar ishlatmagan gaz va elektr uchun pul to‘lashadi.

"Ekspert" Ishchi guruhi rahbari Suhrob Ismoilov BBC O‘zbek Xizmati bilan suhbatda O‘zbekistonda keng qo‘llanilayotgan tajribani ana shunday tasvirlaydi.

Unga ko‘ra, maoshlar va nafaqalar berilayotganid, o‘sha oilaning davlat oldida qarzi bormi-yo‘qmi, bunga qarab o‘tirmasdan, yoppasiga pul ushlab qolinayapti.

"Eshitishimizcha, Surxondaryoda viloyat hokimi buyrug‘i bilan hatto tuman hokimlarining shaxsan o‘zlari qishloqlarga borib odamlardan pul yig‘ib chiqishgan".

Tashkilot hisobotiga binoan, bu kabi tajribalar ancha paytdan beri viloyatlarda qo‘llanib keladi va bog‘cha xodimalaridan tortib, shifokorlargacha aholidan pul yig‘ib chiqish ishlariga safarbar etilmoqda. Endi esa navbat Toshkent shahriga ham yetib kelayotir.

"Pul qilish mumkin bo‘lgan har yo‘lni ishga solishmoqda" - deydi Suhrob Ismoilov - "Masalan DAN xodimlari tuzgan har bir jarima hujjati uchun rag‘batlantirilmoqda va tushgan jarimaning 30% o‘sha xodimning maoshiga qo‘shib beriladi".

Ammo O‘zbekiston chetga katta miqdorda gaz, oltin va paxta sotadi. Shuningdek, mamlakat rasmiylari iqtisod jadal o‘sayotgani haqida gapiradilar.

"O‘sayotgan iqtisod va yoki sotilayotgan mahsulotlardan tushadigan daromad xalq hayotida akslanishi kerak edi" - davom etadi Suhrob Ismoilov - "Ammo odamlar aytilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni o‘z turmushlarida his qilishmayapti".

"Odamlar o‘zlarini-o‘zlari eplab, topib yurgan pullariga ham davlat sherik chiqmoqchi bo‘layapti".

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.