BBC navigation

O‘zbekiston tsenzura eng kuchli bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatida

Сўнгги янгиланиш 2 май 2012 - 11:24 GMT

Jahon Matbuot Erkinligi Kuni arafasida Jurnalistlarni Himoya Qilish tashkiloti - CPJ chiqargan bayonotda aytilishicha, jahonning tsenzura eng kuchli bo‘lgan 10 mamlakatida axbrot ustidan diktatorlarcha nazorat o‘rnatilgan.

"Bu nazoratga rasmiy tashviqot, shafqatsiz kuch qo‘llash va o‘ta zamonaviy texnlogiyalardan foydalanish yo‘llari bilan erishilmoqda", deyilgan tashkilot bayonotida.

Jurnalistlarni Himoya Qilish tashkilotining bildirishicha, O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Belorus doxil ushbu mamllakatlar rejimlari barqarorlik va rivojlanishni ta‘minlash bahonasi bilan mustaqil axborot yo‘lini to‘sib, evaziga o‘z tashviqotlariga zo‘r bermoqdalar.

Zamonaviy texnologiyalardan esa fuqarolar qudratini oshirish yo‘lida emas, ular ustidan nazoratni kuchaytirish yo‘lida foydalanilmoqda ekan.

Tashkilot rahbari Joyel Saymonning aytishicha, bu mamlakatlarda jurnalistlar xavf sifatida ko‘riladilar va mustaqil ravishda faoliyat yurgizishga haddi siqqan jurnalistlar buning uchun jazlanadilar.

O‘zbekistonda tsenzura qanday ishlaydi?

Jurnalistlarni Himoya Qilish tashkilotining tsenzura eng kuchli bo‘lgan mamlalkatlar ro‘yxatiga 10 mamlakat kiritilgan.

O‘zbkiston ular orasida 6-o‘rinda.

Tashkilotga ko‘ra, O‘zbekistonda bironta ham tom ma‘noda mustaqil matbuot nashri mavjud emas.

Asosan mamlakatdan tashqaridagi axbarot vositalari uchun ishlaydigan mustaqil jurnalistlar esa "milliy qadriyatlarni haqorat qilish" va tuhmat kabi ayblovlar bilan tazyiq ostiga olib kelinadilar.

Tashkilot hisobotida aytilishicha, muxolifatning "Erk" ro‘znomasida ishlagan jurnalistlar Muhammad Bekjon va Yusuf Ro‘zimurodovlar jahonda eng uzoq muddat qamoqda qolayotgan jurnalistlardir.

Tashkilot tadqiqotlari O‘zbekistonda mustaqil vebsahifalar va alohida sahifalardagi muayyan so‘zlarga to‘siq qo‘yilganligini ko‘rsatgan.

Xorijiy jurnalistlar uchun esa O‘zbekistonga borib ishlashga ruxsat berilmaydi.

CPJ hisobotida 2006 yili bedarak ketib, keyinchalik o‘z xohishiga qarshi ruhiy shifoxonaga yotqizilgan jurnalist Jamshid Karimov ishi ham qayd etilgan.

Jamshid Karimov 2011 yil noyabr oyida shifoxondan chiqarilgan, lekin o‘shandan beri uning qayerda ekanligi va ahvoli haqida ma‘lumot olish juda mushkul.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.