BBC navigation

"Barselona" bosh murabbiysi ketishga qaror qildi, O‘zbekistondan munosabat...

Сўнгги янгиланиш 30 апрел 2012 - 10:42 GMT

Dunyoning eng kuchli jamoasi bosh murabbiysi Xosep Gvardiola joriy futbol mavsumi tugagach, vazifasidan ketishga qaror qilgan.

Uning aytishicha, "Barselona" bilan mavjud bir yillik shartnomasini uzaytirish niyati yo‘q.

41 yoshli murabbiy o‘z iste‘fosi sababini toliqqani va o‘z zimmasiga yuklatilgan mas‘uliyatni ortiq uddalay olmasligi bilan izohlagan.

Barsa "Pep" Gvardiolaning to‘rt yillik murabbiyligi ostida ikki bor Chempionlar ligasi chempioni, uch marta Ispaniya chempioni, Ovro‘po Superkubogi, Ispaniya Kubogi va Qit‘alararo Kuboklar sohibiga aylangandi.

Ammo bu yilgi futbol mavsumi yulduz jamoa uchun anchayin omadsiz keldi.

"Barselona" hal qiluvchi uchrashuvda ashaddiy raqibi "Real"(Madrid)ga yutqazib qo‘yib, Ispaniya chempionligini ham deyarli qo‘ldan boy berdi.

Londonning "Chelsi"sidan yengilib, Ovro‘po Chempionlar ligasisining yarim finalidan pastga quladi.

Klub rahbariyatining ma‘lum qilishicha, endi Barsaga Gvardiolaning yordamchisi Tito Vilanova boshchilik qiladi.

"Barselona" sobiq sardori 2008 yilda o‘zining jamoasiga bosh murabbiy bo‘lib qaytib, gollandiyalik Frenk Raykardning o‘rnini egallagandi.

Xosep Gvardiolaning O‘zbekistondan hamkasbi Vadim Abramovning aytishicha, yulduz jamoa baribir o‘z o‘yinini saqlab qoladi:

"Barselona" o‘z oyog‘ida mustahkam turgan jamoa. U yillar davomida shakllangan. Xosep Gvardiolaning o‘rniga keladigan odam salgina aqlli bo‘lsa ham, "Barselona" bilan hali ko‘p narsalarga erishishi mumkin", deydi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Bosh murabbiysi.

O‘tgan yili Barsa birvarakayiga Ispaniya milliy chempionati, Ovro‘po Chempionlar ligasi, Ovro‘po Superkubogi va klublar orasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqib, barchaning aqlini shoshirgandi.

Buning ortidan "Pep" Gvardiola FIFA tasnifida "Jahonning eng zo‘r murabbiysi", deb ham topilgandi.

Vadim Abramovning aytishicha, futbol olamida o‘yinni o‘z foydalariga hal qilish darajasida uyushtiruvchi murabbiylar sanoqli bo‘ladi.

"Shuning uchun ham ularga talab kuchli bo‘ladi. Ishoning, futbolda murabbiyning tutgan o‘rni nihoyatda katta bo‘ladi", deydi o‘zbekistonliklar murabbiysi.

"Pep" Gvardiolaning iste‘fosiga oid gap-so‘zlar matbuotda o‘tgan qish oylarida paydo bo‘lgandi.

Ammo uning rasman bunday bayonot bilan chiqishi nafaqat shogirdlari, balki butun futbol olamini ham larzaga solgan.

O‘zining nihoiy orzusi Ispaniyaning nahang Barsasida o‘ynash ekanini yashirmaydigan O‘zbekiston futboli yulduzi Odil Ahmedov ham "Pep" Gvardiolaning ishlash uslubini hurmat qilganini aytadi:

Нима учун Ўзбекистонда қидирувда бўлганларнинг аксари Россияда?

Россия Ички ишлар вазирлигининг уюшган жиноятчиликка қарши кураш ходимлари шанба куни Татаристон пойтахти Қозонда интерпол томонидан қидирувда бўлган Ўзбекистон фуқаросини ҳибсга олганлар.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Hozir Rossiyaning boyvachcha "Anji"sida to‘p surayotgan Odil Ahmedov-da bosh murabbiysining iste‘fosi ortidan, dunyoning eng kuchli jamoasi o‘z o‘yinini yo‘qotmaydi, degan ishonchda.

So‘nggi xabarlardan ayon bo‘lishicha, "Pep" Gvardiola o‘zining rossiyalik milliarder Roman Abramovichning "Chelsi"(London)siga o‘tarmish, degan gap-so‘zlarni inkor etgan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.