BBC navigation

Qirg‘iziston: "O‘zbekiston kelishmasdan chegaralarni to‘sib chiqmoqda"

Сўнгги янгиланиш 20 апрел 2012 - 15:12 GMT

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi chegaralar ba‘zida o‘ta zich aholi maskanlaridan o‘tadi

Qirg‘iz hukumatidagi chegara masalalari bo‘yicha mas‘ul Qurbonboy Iskandarovga ko‘ra, O‘zbekiston o‘z amallarini terror va diniy ekstremizmga qarshi chora, sifatida izohlaydi.

Ikki davlat o‘rtasidagi chegaralarni aniqlash va belgilash ishlari hali butkul nihoyasiga yetgani yo‘q. Shunga qaramay, Bishkek jo‘natgan norozilik nomalariga Toshkentdan hech qanday javob kelmagani aytilmoqda.

Ayni damda, O‘zbek-Qirg‘iz chegara hududlarida yashovchi mahalliy aholi BBC bilan suhbatda chegaralarni mustahkamlash bo‘yicha biron ish olib borilayotganiga guvoh bo‘lishmaganini bildirishgan.

Hozirda Qirg‘iziston ham o‘z chegaralarni to‘sish yo‘lida ishlar boshlamoqchi. Qirg‘iz hukumati ikki mamlakat o‘rtasidagi chegarada to‘siq o‘rnatish uchun 180 ming AQSh dollariga yaqin pul ajratilgani haqida xabarlar bor.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasi aksar tekislik hududlardan o‘tadi. Ammo ba‘zida ko‘chalar, hatto odamlarning hovlilari ham chegara ustida joylashib qolgani hollari borligi aytiladi.

Biroq tog‘li hududlar ham mavjud bo‘lib, bir necha yil oldin O‘zbekiston Islomiy Harakati jangarilari Qirg‘izistonning Botken mintaqasiga kelib, O‘zbekistonga hujum uyushtirishgandi.

Ikki yil oldingi O‘sh qirg‘ini paytida esa qurolli qirg‘iz to‘dalaridan qochgan o‘n minglab o‘zbeklar bu chegaradan o‘tib, qisqa muddat O‘zbekistonda jon saqlashgan.

O‘zbekiston Qozog‘istondan tashqari barcha chegaradosh qo‘shnilari bilan viza tizimiga ega. Tojikiston va Qirg‘iziston bilan o‘rtadagi ayrim chegara hududlarini esa minalashtirgan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, mintaqa mamlakatlari o‘rtasidagi chegara osha bordi-keldi kamayib, ular bir-biridan tobora uzoqlashib ketishmoqda.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.