BBC navigation

BBC O‘zbekistonda ayollarning majburan bichilayotganini aniqladi

Сўнгги янгиланиш 11 апрел 2012 - 13:47 GMT

O‘zbekiston hukumati ayollarni sterilizatsiya qilish bo‘yicha maxfiy dastur yo‘qligini aytadi

BBC O‘zbekiston hukumati ayollarni sterilizatsiya qilish bo‘yicha maxfiy dasturga ega ekani haqida ma‘lumot to‘plagan.

Ayollarni bichish amaliyotlari ko‘p hollarda ayollarning roziligisiz yoki ularni xabardor etmagan holda amalga oshirilmoqda.

BBC muxbiri Natalya Antelava qo‘shni Qozog‘istonda maxfiy dasturdan jabr ko‘rgan ayollar bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.

BBC olib borgan tadqiqod O‘zbekiston bo‘ylab ayollarni muntazam ravishda sterilizatsiya qilish tajribasi qo‘llanilayotganini aniqlagan.

O‘zbekistonlik shifokorlar va faollar so‘zlariga ko‘ra, sterilizatsiya dasturini qo‘llashdan maqsad mamlakatda aholi sonining o‘sishini to‘xtatishga qaratilgan.

Sog‘likni saqlash xodimlariga ko‘ra, shifoxonalar 2009 yildan boshlab ayollarni bichish bo‘yicha kvotalar ola boshlashgan.

Ushbu kvotalarga muvofiq, har bir shahar shifoxonasida oyiga to‘rtta, qishloq joylarida esa 32 taga qadar ayol sterilizatsiya qilinishi kerak.

Shifokorlar ushbu kvotalarni bajarish bo‘yicha ularga kuchli bosim ko‘rsatilayotganini aytishadi.

Bir jarrohning e‘tirof etishicha, kesarevo amaliyoti bilan tavallud qilgan ayollarni sterilizatsiya amaliyotiga ko‘ndirish yoda ularni bu haqda xabardor etmaslik oson bo‘lgan.

Toshkentda joylashgan nodavlat tashkilotining aytishicha, u olib borgan so‘rovga ko‘ra, 2010-yil birgina Toshkent shahrining o‘zida 7 oy ochida 80 ming ayol sterilizatsiya qilingan.

Biroq, ushbu raqamlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini aniqlashning imkoni yo‘q.

Sharh berishni so‘rab BBC yo‘llagan talabga O‘zbekiston hukumati mazkur da‘volar haqiqatdan yiroqligini bildirdi.

Biroq BBC to‘plagan ma‘lumotlar o‘zgacha manzarani ko‘rsatadi.

Bir ayol kesarevo amaliyoti bilan farzand ko‘rganini aytadi. Ertasi kuni ayolga uni sterilizatsiya qilishganini aytganlar. Yana bir kun o‘tib uning chaqalog‘i olamdan o‘tgan.

Ayolning yoshi 24 va u endi hech qachon farzandli bo‘la olmaydi, deydi Natalya Antelava.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.