BBC navigation

Pokistonda xudkush hujumchi janoza marosimini nishonga olgan

Сўнгги янгиланиш 12 март 2012 - 12:00 GMT

Portlashda 30 dan ortiq odam yaralangan

Pokiston shimoli-g‘arbida xudkush hujumchi kamida 14 kishini o‘ldirgan.

Hujum Peshovar shahriga yaqin Budda Bayr shaharchasida dafn marosimida ro‘y bergan, 30 dan ortiq odam yaralangan.

Guvohlarga ko‘ra, odamlar janoza o‘qiganidan keyin taxminan 20 yashar xudkush hujumchi azadorlar orasiga kirgan va jamoa ichida o‘zini portlatib yuborgan.

Politsiyaning ishonishicha, hujumchi Avomiy milliy partiyasi a‘zosi Xushdil Xonni nishonga olgan.

Dafn marosimi Xushnid Xonning vafot etgan qarindoshiniki bo‘lgan.

U ta‘ziyada bo‘lgan, biroq portlashda unga hech qanday zarar yetmagan.

Barcha qurbonlar begunoh azadorlar bo‘lishgan.

Ruidar Xon portlashda jarohat olgan odamlardan.

"Janozadan keyin odamlar tarqala boshlagan payti edi. Birdan gumburlagan portlash sodir bo‘ldi. U yerdagi bir mototsikl yona boshladi. Bilmayman, kamida to‘qqiz-o‘n kishi o‘sha payti yerga quladi adashmasam. Men qo‘limdan jarohat oldim", deb aytgan Ruidar Xon.

Jarohatlangan o‘ttizdan ziyod kishi mahalliy shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu hududda asosan Pashtunlar yashashadi.

Lekin avvallari ham bu yerdagi Pashtun millatchi partiyasi vakillari hujumchilar nishoniga tushganlar.

Sababi, bu hizb vakillari Tolibonga qarshi chiqqanlar.

Bir kun oldin esa Pokiston hukumat kuchlari Haybar dovonidagi jangarilarga qarshi harbiy amaliyot o‘tkazib qirqqa yaqin isyonkorni o‘ldirganlari haqida xabar qilgan edi.

Biroq axborot agentliklari yozishicha, Tolibon vakillari bu hujum u qadar katta ahamiyatga emas, deyishgan.

So‘nggi xudkushlik hujumida nishonga olingan mulozim Tolibonga qarshi ko‘ngilli jangchilar guruhini tuzgan edi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.