BBC navigation

"Qayta ishlangan go‘sht bilan saraton o‘rtasida bog‘liqlik bor"

Сўнгги янгиланиш 13 январ 2012 - 12:13 GMT

Shvetsiya olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, qayta ishlangan go‘sht, ya‘ni sosiska va kolbasa kabi mahsulotlar bilan oshqozon osti bezi saratoni o‘rtasida bog‘liqlik borligi taxmin qilinmoqda.

Olimlarga ko‘ra, kuniga 50 grammga yaqin qayta ishlangan go‘sht mahsuloti, ya‘ni bitta sosiskani iste‘mol qilish oshqozon bezi saratoni kelib chiqishini 19 foizga oshiradi. 100 gramm qayta ishlangan go‘shtni yeyish esa saraton ehtimolini 38 foizga oshirar ekan.

Umuman olganda qizil va qayta ishlangan go‘sht bilan ichak saratoni o‘rtasida bog‘liqlik borligi avval ham aytilgandi.

Buning natijasida Britaniya hukumati 2011 yili kuniga 70 grammdan ortiq qizil go‘sht iste‘mol qilmaslik tavsiyasini chiqargandi.

Jahon Saratonni Tadqiq qilish Jamg‘armasi esa umuman qayta ishlangan go‘shtni iste‘mol qilmaslikni tavsiya qilgan.

Jamg‘arma rahbari o‘rinbosari doktor Reychel Tompsonning aytishicha, oshqozon bezi saratoni va ortiqcha vaznga ega bo‘lish orasida bog‘liqlik borligining aniq dalillari shu vaqtgacha bor edi. Endi esa yangi tadqiqot natijalari saratonning bu turiga boshqa omillar ham sababchi ekanligining dastlabki belgilari namoyon bo‘lmoqda.

Tompson xonimga ko‘ra, qizil va qayta ishlangan go‘sht bilan ichak saratoni o‘rtasida qat‘iy bog‘liqlik borligi dalillariga ega edik, shuning uchun haftasiga 500 grammdan ko‘p go‘sht iste‘mol qilmaslik va qayta ishlangan go‘sht mahsulotlarini umuman yemaslik maslahat berib kelingan.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.