BBC navigation

O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslar muammosining yechimi nimada?

Сўнгги янгиланиш 5 январ 2012 - 19:03 GMT

Og‘ir tabiat sharoiti va mahbuslarga shafqatsiz muomala bilan tanilgan "Jasliq" siyosiy mahbuslar saqlanadigan O‘zbekiston qamoqxonasi deb ham bilinadi.

Inson huquqlarini ta‘minlash bilan bog‘liq ahvol tahlil etilgan xalqaro hisobotlarda O‘zbekiston nomi Birma bilan tilga olinadi, ikki mamlakatdagi siyosiy tuzumning o‘xshashliklari sanab o‘tilgan hollar ham bo‘ldi.

Birmani shu paytgacha boshqargan harbiy rahbariyat mamlakatdagi tizimning demokratik ekaniga da‘vo qilmagan.

Hozirgi paytda esa mamlakat boshqaruvi fuqaroviy hukumatga berilgan, Birmadagi siyosiy islohotlar jahon hamjamiyati tomonidan olqishlanmoqda.

Shu paytgacha asosiy siyosiy islohotlar sifatida kasaba uyushmalarining ro‘yxatdan o‘tkazilgani, matbuot cheklovlarining bir qadam yumshatilgani va 200 atrofida siyosiy mahbusning ozod etilgani bo‘ldi.

AQSh Davlat kotibasi Hillari Klinton ortidan Birmaga tashrif buyurgan Britaniya Tashqi ishlar vaziri Uilyam Xeyg Birmadagi boshqa siyosiy mahbuslarning ham tutqunlikdan chiqarilishi lozimligini urg‘ulagan.

O‘zbekiston ham xabarlarga ko‘pda siyosiy mahbuslar mavzusi bilan tushadi.

Inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari O‘zbekistondagi siyosiy mahbuslarning sonini sobiq Sho‘rolar Ittifoqi tarkibida bo‘lgan boshqa har qanday mamlakatdan ko‘ra ko‘proq ekanini aytadilar.

Ularga ko‘ra, mamlakat qamoqxonlarida turli diniy-siyosiy motivlar asosida ayblovlar qo‘yilib qamalganlar soni bir necha mingga yetadi.

Yana mingdan ortiq kishi bu kabi ayblovlar bilan qidiruvda.

O‘zbekiston rasmiylari "ekstremistik" oqimlar va g‘oyalarga qarshi kurashni mamlakatda barqarorlikni ta‘minlash ehtiyoji bilan asoslaydilar.

Bu da‘volarda asos bormi?

Bi-bi-si ushbu savol bilan O‘zbekiston qamoqxonlarida bir necha yil tutqunlikda saqlangan sobiq siyosiy mahbus Safar Bekjonga murojaat qildi.

Ўзбекистондаги сиёсий маҳбуслар муаммосининг ечими нимада?

Инсон ҳуқуқларини таъминлаш билан боғлиқ аҳвол таҳлил этилган халқаро ҳисоботларда Ўзбекистон номи Бирма билан тилга олинади, икки мамлакатдаги сиёсий тузумнинг ўхшашликлари санаб ўтилган ҳоллар ҳам бўлди.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.