BBC navigation

Tojikiston: "Santo‘da-2" GESining ilk agregati ishga tushdi

Сўнгги янгиланиш 22 декабр 2011 - 13:46 GMT

"Sangto‘da-2" GESi to‘laligicha 2012 yil bahorida ishga tushishi lozim

Tojikiston sharqidagi "Sangto‘da-2" gidrostantsiyasining birinchi agregati ishga tushgan.

Bir milliard kilovatt-soat miqdorida elektr quvvati ishlab chiqarishi rejalangan ushbu GESning ikkinchi agregati 2012 yilning mart oyida ishga tushishi kutilmoqda.

"Sangto‘da-2" GESi Eron sarmoyasi hisobiga qurilayapti.

Tojikiston va Eron hukumatlari o‘rtasida imzolangan kelishuvga muvofiq, dastlabki 12,5 yil davomida "Sangto‘da-2" stantsiyasidan Eron foydalanadi va so‘ngra GES Tojikiston ixtiyoriga topshiriladi.

"Sangto‘da-2" sharqiy Tojikistondagi Vaxsh daryosida qurilgan beshinchi girdrostantsiyadir.

Uni qurayotgan Eronning "Sangob" shirkati raisi Sayid Asg‘ariyning aytishicha, ilk agregat bir haftadan so‘ng elektr quvvati ishlab ҷiqara boshlaydi.

"Yangi yil arafasida ushbu agregat ishlab chiqaradigan elektr quvvati Tojikistondagi yagona energetik tizimga beriladi. Agregat yiliga 500 ming kilovatt-soat miqdorida elektr quvvati ishlab chiqarish imkoniga ega. Kelgusi yilning mart oyida ikkinchi agregat ham ishga tushiriladi va inshootda qurilish ishlari oxirga yetadi,"- deb aytdi Asg‘ariy janoblari.

"Sangto‘da-2" gidrostantssiyasida qurulish ishlari 2006 yilning fevral oyida boshlangan edi. Hozirga qadar Eron ushbu inshootga 180 million AQSh dollar miqdorida sarmoya kiritgan.

"Barqi tojik" shirkatining muhandisi Rashid Gulov "Sangto‘da-2" gidrostantsiyasi ishga tushsa hamki, mamlakatda elektr quvvati taqchilligi hal bo‘lmasligini aytadi.

"Bunday kichik gidrostantsiyalar energitik muammolarni hal qila olmaydi. Buning uchun Rog‘un gidrostantsiyasi qurilishi lozim. Kichik va o‘rta gidrostantsiyalar qish paytida elektr taqchilligini bir qadar kamayishiga yordam berishi mumkin," - dedi Rashid Gulov.

Qo‘shni O‘zbekiston "Rog‘un" gidrostantsiyasi qurlishiga qarshilik ko‘rsatib keladi.

Rasmiy Toshkentning ishonishicha, "Rog‘un" GESi Markaziy Osiyoda texnik va ekologik falokatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Hozirda Jahon Banki mutaxassislari mazkur gidrostantsiyaning mintaqa ekologiyasiga ehtimoliy ta‘sirini o‘rganmoqdalar.

Tojikistonning qish mavsumida 2,5 -3 milliard kilovat-soat miqdorida elektr quvvatiga ehtiyoji bor.

Bu yil qishning juda sovuq kelishi ketidan Tojikiston aholisi katta qiyinchilikga duch kelgan.

Hozir mamlakat tumanlariga bir kecha-kunduzda olti soat davomida elektr quvvati uzatiladi.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.