Сўнгги янгиланиш 4 август 2011 - 12:30 GMT

"O‘zbekiston Islomiy Harakati" safida Qirg‘iziston fuqarolari bormi?

Qirg‘iziston Milliy Xavfsizlik Davlat Qo‘mitasi (MXDQ) bir necha yuz mamlakat fuqarolarining jangarilarni tayyorlash bo‘yicha afg‘on jamloqlariga tashlangani haqida hozircha ishonchli ma‘lumotga ega emas.

Bu haqda MXDQ boshlig‘ining o‘rinbosari Marat Imanqulov KirTag axborot agentligiga ma‘lum qilgan.

Biroq, uning ta‘kidlashicha, bunday xabarlarga xavfsizlik xodimlari diqqat bilan yondashishadi.

"Ushbu ma‘lumot tekshirilayapti va hozircha vatandoshlarimizning jamloqlarga tashlangani haqida ishonchli ma‘lumot bizda yo‘q," deb aytgan qirg‘iz yuqori mulozimi.

"Bu ilgarilari ham bo‘lgan. Bunday jamloqlarda 2001 yildan buyon bizning fuqarolarimiz bor. Ular Afg‘onistonda toliblar tarafidan turib ittifoqchi kuchlarga qarshi jang qilishayapti," deb aytgan Marat Imanqulov.

Avvalroq O‘sh shahar Ichki ishlar idorasi boshlig‘i Marat O‘ro‘zbayev Afg‘onistonda "al-Qoida" tarmog‘iga tegishli maxsus jamloqlarda 200 nafarga yaqin Qirg‘iziston fuqarolari harbiy tayyorgarlikdan o‘tayotganini aytgandi.

"Afg‘on maxsus xizmatlaridan 200 ga yaqin qirg‘izistonlik Afg‘oniston hududida ekani va, aftidan, "al-Qoida"ning maxsus lagerlarida tayyorgarlikdan o‘tayotganliklari haqida bizga dastlabki ma‘lumot kelib tushdi," - deb aytdi O‘sh shahar Ichki ishlar idorasi boshlig‘i Marat O‘ro‘zbayev. - "Ular bizning fuqarolarimiz ekani va ularning yaqinlari o‘tgan yil Qirg‘iziston janubida yuz bergan hodisalarda halok bo‘lgani taxmin qilinmoqda."

Qirg‘iziston rasmiylari mamlakat hududida O‘zbekiston Islomiy Harakati va "Islomiy jihod ittifoqi"ga mansub jangarilar faoliyatda ekanini da‘vo qilib kelishadi.

O‘tgan iyun oyida kechgan milliy nizolarda ham ushbu guruhlarning qo‘li borligi aytilgandi.

"O‘zbekiston Islomiy Harakati"ning sobiq a‘zosi BBC bilan suhbatda 2001 yil kuzida Amerika boshchiligidagi ittifoqchi kuchlar Afg‘onistonni ishg‘ol etgunga qadar harakat tarkibida Qirg‘iziston fuqarolari ham bo‘lganini bildirdi.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.