Сўнгги янгиланиш 9 март 2011 - 15:24 GMT

Azimjon Asqarov dovyurakligi uchun xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi

"Muhtoj insonlar" Azimjon Asqarovni xalqaro mukofot bilan taqdirlash orqali uning ahvoliga jahon hamjamiyati e‘tiborini qaratishni istaydi

Qarorgohi Pragada joylashgan "Muhtoj insonlar" inson haqlarini himoya qilish tashkilotining Homo Homini yillik xalqaro mukofotiga Qirg‘izistonda tutqunlikda saqlanayotgan o‘zbek faoli Azimjon Asqarov munosib topildi.

"People in Need" - "Muhtoj insonlar" tashkiloti bayonotiga ko‘ra, 2010 yilgi inson huquqlari hamda demokratiyani targ‘ib etishga ahamiyatli ulush qo‘shgan atoqli shaxslardan qirg‘izistonlik faol Azimjon Asqarovni hibsdaligi chog‘ida ham inson huquqlarini himoya qilishda davom etayotgani uchun Homo Homini mukofoti bilan taqdirlashga qaror qilingan.

"Asqarovning o‘zi o‘tgan yili soxtalashtirilgan mahkamalarda bir umrlik qamoq jazosiga hukm etilgan. Janob Asqarov bu mukofotni o‘zi yolg‘iz qolgani holda ham g‘ayrioddiy shaxsiy jasoratini namoyish etibgina qolmasdan, Qirg‘izistonning uzoq bir qismida inson huquqlari va qonunchilik rioya etilishiga yanada qattiqroq jahd bilan kurashgani qabul qilmoqda", deb aytgan "Muhtoj insonlar" tashkiloti direktori Simon Panek.

Inson haqlari tashkiloti hayotiga tahdidlar, hibsga olish, tutqunlikdagi shafqatsiz munosabatlarga qaramasdan, Azimjon Asqarov o‘z yo‘lidan qaytmaganini urg‘ulaydi.

"Ishonamizki, ushbu mukofot janob Asqarovning jiddiy ahvoliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri e‘tibor qaratadi", deb aytgan "Muhtoj insonlar" tashkiloti rahbari.

Tutqunlikda 60 yoshini nishonlagan Azimjon Asqarov o‘tgan yili iyun hodisalari paytida Jalolobodga yaqin Bozorqo‘rg‘on tumanida uyushtirilgan xunrezliklarni video va fototasvirlarga olib hujjatlashtirgan, oradan bir necha kundan kuyon Qirg‘iz militsiyasi tomonidan hibsga olingan edi.

Dastlabki tergov paytida Azimjon Asqarov militsiya xodimlari tomonidan qiynoqlar tutilgani oshkor bo‘ldi.

2010 yil sentyabrida o‘tgan mahkama Azimjon Asqarov hamda yana yetti insonni Bozorqo‘rg‘onda militsiya xodimini o‘ldirishda aybdor deb topib bir umrlik qamoq jazosiga huk etdi.

"Amnesti Interneshnl", "Hyuman Rayts Uotch" va qator xalqaro tashkilotlar Azimjon Asqarov ustidan mahkamani soxta ayblovlarga hamda siyosiy sababalarga asoslangan deya keskin tanqid etdilar va janob Asqarovning zudlik bilan ozod etilishiga chaqirdilar.

Chexiyaning "Muhtoj insonlar" tashkilotining Homo Homini xalqaro mukofotini Lotin tilidagi ibora bilan atashga qaror qilingan, bu iboraning mazmunini "Insonlarning bo‘risi bo‘lgan inson" yoki eng dovyurak, jasoratli inson deb tarjima qilish mumkin.

Homo Homini mukofotini Pragada 10 kun mobaynida o‘tadigan "Bir dunyo" inson haqlari mavzusidagi hujjatli filmlar festivali doirasida Azimjon Asqarovning o‘g‘li Sherzodbek Asqarovga topshirilishi xabar berilgan.

Биз билан боғланинг

* Тўлдириш шарт бўлган жойлар

(Кўпи билан 500 белги)

BBC navigation

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.